April 15

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Qibray tumanidagi “Yoshlik–2” va “Darxon” suv inshootlarining yer osti quduq quvurlari profilaktik ishlari olib borildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ direktori topshirig‘iga binoan, shahar va tumanda mavjud suv inshootlaridagi yer osti quduq quvurlarini profilaktika ishlari olib borilmoqda.

Xususan, shahar va tuman filiallari tomonidan suv inshootlardagi yer osti quduq quvurlarini profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali aholiga sifatli ichimlik suv yetkazish asosiy ustuvor vazifaga aylanmoqda.

Jumladan, “Yoshlik–2” va “Darxon” suv inshootlarining yer osti quduq quvurlarida yig‘ilib qolgan tuz, tosh, zang va boshqa jismlarni maxsus texnika uskunalar yordamida tozalandi.

Ma’lumot sifatida,

“Darxon” MFY “Darxon” suvi inshooti:

– ATX 40-90 nasos rusumli;

– 499 ta xonadon, 1764 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

“Yoshlik” MFY “Yoshlik-2” suv inshooti:

– ATX 60-70 nasos rusumli;

–556 ta xonadon, 2625 nafar aholi ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat