June 12, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–408-sonli Qaroriga muvofiq, Ohangaron tumanining “Yalpoqtepa” mahalla fuqarolar yig‘inida 55 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ–408-sonli qarori ijrosini taʼmilash maqsadida, yangi ichimlik va oqova suv quvurlari infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Yalpoqtepa” mahalla fuqarolar yig‘iniga:

– 618 metr suv quvuri yotqizildi;

– 5 dona kolodets;

– 1 dona suv qudug‘i qazildi;

– 1 dona suv minorasi;

– 55 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatildi.

Maʼlumot uchun, qurilish ishlarini “Shams Nur invest” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati