“Toshkent suv taʼminoti”: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz mavsumida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. FOTOALBOM
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surilgan edi. Ushbu loyiha doirasida yiliga millionlab daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda.
Ushbu loyiha ijrosini ta’minlash, qolaversa, daraxt ekish bo‘yicha kuz mavsumi tadbirini amalga oshirish maqsadida, “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ tasarrufidagi filiallarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, daraxt ko‘chatlari hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda. Bu borada tegishli olimu-mutaxassislar tavsiyasi bilan suvsizlik va kasallikka chidamli gujum, qayrag‘och, tut, jiyda, yong‘oq, terak kabi daraxt novdalari ekilishi belgilangan.
Jamiyat va uning hududiy filiallari tomonidan jami 35 000 dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan:
Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan umummilliy loyihada jamiyat xodimlari birdek faol ishtirok etmoqda. Bu tashabbuslari bilan mamlakatimiz atrof-muhit va atmosfera havosining musaffoligini saqlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
Ekilgan daraxtlarni sug‘orish va parvarish ishlarini olib borilishi ham alohida nazoratga olingan. Xususan, yosh novdalar agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat