“Toshkent suv taʼminoti”:Nurafshon shahrida “Davlat bayrog‘i” kuniga bag‘ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi (Fotoalbom)
Bosh sahifa | Русский язык
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Davlat ramzlaridan birining 32 yillik bayrami Toshkent viloyatida keng nishonlandi.
Unda “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ jamoasi har qachongidan faolroq bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimiz mustaqillikka erishgach qabul qilingan dastlabki qonunlardan biri hisoblanadi. Mazkur qonun Davlat bayrog‘ining shakli va tuzilishi, uning maqomi, undan qayerlarda va qanday foydalanish tartiblarini belgilab bergan.
Tegishli mutaxassislarning e’tirof etishicha, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘idagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzini bildiradi.
Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi.
Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va koinot yoritkichlari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Oq rang – poklik, beg‘uborlik, soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini anglatadi.
Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liqbo‘lib, ayni paytda u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. Yulduzlar barcha davrlarda ilohiy timsol sanalgan.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador bo‘lib, o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida tushunish lozim.
“Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda yuguramiz” shiori ostidagi “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafonida sektor rahbarlari, boshqarma va tashkilot boshliqlari, tuman va shahar hokimlari hamda viloyat hududlaridan 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan jami 6 mingdan ziyod ko‘ngilli ishtirokchi qatnashdi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat