September 24, 2023

“Toshkent suv ta’minoti”: Bekobod shahri “Buloq-ariq” MFYda PG–1000 markali yong‘inga qarshi yerosti suv olgichi (gidrant) o‘rnatildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Bekobod shahar filialiga “Buloq-ariq” MFYda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Bekobod shahar filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan mazkur murojaat joyiga chiqilib, o‘rganildi.

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ direktori No‘mon Aminovning topshirig‘iga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bekobod shahar filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan:

“Buloq-ariq” MFY PG–750 markali yong‘inga qarshi yer osti suv olgichi (gidrant) o‘rniga PG–1000 markali suv olgich o‘rnatildi.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat