June 1, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: O‘rta Chirchiq tumani Yangihayot ko‘chasida ichimlik suv taʼminotini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Rasmiy bayonot (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga O‘rta Chirchiq tumani Yangihayot ko‘chasida istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.

O‘rta Chirchiq tumani “Jang‘aboy” MFYda 1026 ta xonadon bo‘lib, 4063 nafar aholi yashaydi.

“Jang‘aboy” MFY Besovul va Tortuvli ko‘chasida joylashgan “Tortuvli” suv inshooti va tarmoqlari 1975-80-yillarda qurilgan.

“Jang‘aboy” suv inshooti va tarmoqlari esa 2008-yilda qurilgan. Ushbu suv inshootlari “Toshkent suv taʼminoti” MChJ O‘rta CHirchiq tumani bo‘limi balansida himoblanmaydi. Yaʼni MFY o‘zini-o‘zi boshqarish uslubda hisoblanadi.

“Jang‘aboy” MFY grafik asosida kunlik to‘rt soatdan aholiga ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan inshootlarda va suv tarmoqlarda nosozlik aniqlansa, MFY aholisi tomonidan bartaraf etiladi.

Shuningdek, suv inshootlarda ESV 8 -25-100 va ESV 6-10-90 nasos agregatlarida elektr energiya sarfini Tuman TETK bilan ikki tomonlama shartnoma asosida hisob-kitob qilib kelinmoqda.

Yangihayot ko‘chasida ichimlik suv taʼminotini tizimli yo‘lga qo‘yish uchun tegishli tartibda qurilish-pudratchi tashkilot tanlov yoki davlat manzilli dasturi asosida byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati