“Toshkent suv taʼminoti”: Jamiyat jamoasi tomonidan Yuqori chirchiq tumani “Ali Said” suv inshootida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. FOTOALBOM
Bosh sahifa | Русский язык
Bugun “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ jamoasi tomonidan Yuqori chirchiq tumani “Ali Said” suv inshootida 1000 ta dan ortiq mevali daraxt nihollari eqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surilgan edi. Ushbu loyiha doirasida yiliga millionlab daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda.
Ushbu loyiha ijrosini ta’minlash, qolaversa, daraxt ekish bo‘yicha kuz mavsumi tadbirini amalga oshirish maqsadida, “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ tasarrufidagi filiallarida ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Tadbirlar doirasida 22 ta shahar va tuman suv ta’minoti filiallariga qarashli oqova hamda suv inshootlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.
Shuningdek, daraxtlar va bordyurlar oqlanmoqda, ariq-zovurlar xazonlar olinmoqda va xududlar begona o‘tlarlan tozalanmoqda.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, suv inshootlarini tartibga keltirish va nasos agregatlarini joriy ta’mirlash ishlari keng qamrovli olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, daraxt ko‘chatlari hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, bog‘lar hosil qilish va ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olinmoqda. Bu borada tegishli olimu-mutaxassislar tavsiyasi bilan suvsizlik va kasallikka chidamli gujum, qayrag‘och, tut, jiyda, yong‘oq, terak kabi daraxt novdalari ekilishi belgilangan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat