May 30

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Oqqo‘rg‘on tumani Sadriddin Ayniy suv inshootida tik quduq (skvajina) qazilmoqda (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Oqqo‘rg‘on tumani “Zarafshon” MFY hududidagi Sadriddin Ayniy suv inshootida tik qudug‘i yaroqsiz holatga kelganligi sababli, Oqqo‘rg‘on tumani filiali ishchi-xodimlari tomonidan tik quduq (skvajina) qazish ishlari olib borilmoqda.

Sadriddin Ayniy suv inshooti 1969-yilda bunyod etilgan bo‘lib, umumiy maydoni 1,71 ga, 1 dona ETSV 10-120-60 nasosdan foydalanadi.

Ushbu suv inshootidan “Zarafshon” MFYdagi 665 ta xonadon ichimlik suv bilan ta’minlanib kelinmoqda.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat