“Toshkent suv taʼminoti” MChJ va shahar, tuman bo‘limlari va xodimlari xonadonida kichik quvvatli quyosh fotoelektr stantsiyasi o‘rnatilmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJga shahar, tuman bo‘limlari va xodimlari xonadonida kichik quvvatli quyosh fotoelektr stantsiyalari keng joriy qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Oqqo‘rg‘on tuman, ”Birlik” MFY Ohunboboyev ko‘chasi 28-xonadonda istiqomat qiluvchi Davidov Uchqun To‘lqinovich xonadonida 3 kVt kichik quvvatli quyosh fotoelektr stantsiyasi o‘rnatildi.
Toshkent tumani “Rahbarobod” MFY Umid ko‘chasi 13-xonadonda istiqomat qiluvchi Mahkamova Dilnoza To‘laganovna xonadoniga 2 kvt kichik quvvatli quyosh fotoelektr stantsiyasi o‘rnatildi.
Yangiyo‘l tuman, “А.Ortikov” MFY, Bunyodkor ko‘chasi 4-uyga 3 kVt kichik quvvatli quyosh fotoelektr stantsiyasi o‘rnatiish ishlari boshandi.
Qurilma tegishli tartibda laboratoriyalar tekshiruvidan o‘tkazilganligi sababli o‘rtacha 20-25-yil davomida xizmat ko‘rsatadi. Bu esa o‘sha davr oralig‘ida hech qanday texnik xizmat ko‘rsatilmasligini anglatadi.
Hozirgi kunda quyosh panellarni xonadonlarda o‘rnatish qulay va oson.
Xonadon egasi ehtiyojidan ortgan qismini elektr tarmoqlari korxonasiga sotib daromad qilish ham mumkin. Bunda jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday soliq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.
Maʼlumot uchun, quyosh nurini elektromagnit to‘lqinlari deb qarash mumkin. Kvant nazariyasiga asosan, elektromagnit to‘lqinlariga nol massali elementar zarrachalar – fotonlar deb qaraladi.
Quyosh energiyasini fotoelektrik energiyaga qayta aylantirish asosida 1887-yilda Gers tomonidan yaratilgan, yorug‘lik fotonlaring baʼzi bir metallarning elektronlari bilan kirishuvi natijasida elektronlar maʼlum miqdordagi energiyaga ega bo‘ladilar. Mana shu energiyadan foydalangan holda quyosh energiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektroenergiya olish mumkin. Bu jarayonga fotoeffekt hodisasi deyiladi.
Shunday kilib, fotoelektr yacheykalarida yorug‘lik nurlanish energiyasi elektr energiyasiga aylantiriladi. Fotoelektr yacheykalarini tayyorlashda birinchi bo‘lib mono yoki polikristall kremniydan foydalanilgan.
Keyingi vaqtlarda fotoelektr yacheykalar amorf kremniy, kadmiy – tellurid yoki mis – indiy-selindan yupka plyonkalar shaklida tayyorlana boshladi. Ularning foydali ish koeffittsenti qariyb 8 foizni tashkil etadi, biroq mono yoki polikristall kremniydan tayyorlanadigan fotoelektr yacheykalarga qaraganda tayyorlanishi arzonroqdir.