“Toshkent suv taʼminoti”: Qibray tumani “Qodiriya” suv ko‘tarish inshootiga yangi suv tarmog‘ini ulash ishlari rejali olib borilmoqda (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-martdagi PQ–2818-sonli Qaroriga asosan, “Toshkent suv taʼminoti” MChJning Qibray tumani bo‘limi tasarrufidagi “Qodiriya” suv ko‘tarish inshootida ish hajmlari to‘liq tugatilgan.
Bugungi kunda “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Qibray tumani bo‘limiga qarashli “Qodiriya” suv olish inshootiga yangi diametri Ø1000 mm li suv tarmog‘ini ulash ishlari rejali olib borilmoqda.
Kuni kecha, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktorining birinchi o‘rinbosari, bosh muhandis boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan yangi diametri Ø1000 mm li suv tarmog‘ini ulash loyihasi bilan tanishib chiqildi.
14- iyun kuni soat 20:00 da “Qodiriya” suv ko‘tarish inshootidan chiquvchi diametri Ø1000 mm li suv quvuriga Anxuy kompaniyasining diametri Ø1000 mm li quvuri va 100 talik zadvijka o‘rnatilish boshlangan. Nasoslarga esa chastota konvertorlari (PCHT) o‘rnatilmoqda.
1969-yilda qurilgan mazkur suv inshootining quvvati 250 ming kub metr suvni qayta ishlashga mo‘ljallangan edi.
Keyinchalik rekonstruktsiya ishlari natijasida inshoot quvvati bir necha barobarga oshdi.
Аyni kunda inshootdan bir sutkada 1 million 800 ming kub metrdan ziyod ichimlik suvi tozalangan bo‘lsa, yangi suv tarmog‘i ulansa, bir sutkada 2 million 375 ming kub metrdan ziyod ichimlik suvi tozalanib, zararsizlantirib yetkaziladi.
Joriy yilning 14-15- uyin kunlarida ushbu suv ko‘tarish inshooti ishga tushkunga qadar, Qibray tumani Mustaqillik, O‘tkir, “Ilg‘or”, “Mehnat”, Madanyat”, “Taraqqiy”, “Ziyokor”, “Qurilish”, “Yangi hayot”, “Yonariq”, “Guliston”, “Parvoz”, “Bo‘ston”, “Istiqlol”, “Chinobod”, “Uzumzor”, “Oq-oltin”, “Po‘lat qadam”, “Xo‘jaqo‘rgʼon”, “Shalola” va “May” MFY hududlarida yashovchi 16079 ta xonadon 72351 nafar aholining ichimlik suvi taʼminotidan hamda Toshkent tumani Guliston hududi: “G‘isht ko‘prik”, “Sarke”, “Sirg‘ali”, “Sanoat”, “Аyriota”, “Qashqarlik”, “Quruvchi”, “Ibrat”, “Raxbarobod”, “Oydinhayot”, “Darxon”, “Аvliyoota” MFY, Ko‘kterak hududi: “Kensoy”, “Qirariq”, “Uchsada”, “Uchchinor”, “Ko‘kterak”, “Sag‘bon”, “Faravon”, “Kalas” MFY larida yashovchi 12617 ta xonadon 56778 ta aholi vaqtinchalik ichimlik suvi taʼminotidan o‘chirildi, bosim pasayishi holatlari kuzatiladi.
Maʼlumot uchun, “Qodiriya” suv ko‘tarish inshooti tarkibi 9 ta bo‘limdan iborat: 2 ta suv tindirish havzasi, reagent xo‘jaligi, 2 ta suv ko‘tarish stantsiyasi, sizotlash, xlorlash bo‘limlari, toza suvni saqlash havzalari, oqova suv uzatish nasos stantsiyalari.
Tozalash ishlari tindirgichlardan boshlanadi. Bu yerda Bo‘zsuv kanalidan suvni qabul qilib, uning tarkibidagi loyqaliklar 8-10 mg/d kub metrgacha tindirib beriladi.
Tindirgichlardagi loyqalik suyuq achchiqtosh yordamida havza tubiga cho‘ktiriladi. Cho‘kkan loyqalik suvda suzuvchi loyqa suv surish uskunasi yordamida so‘rib olinib, loyqa suv tashlash quvurlari orqali aylanma kanalga tashlanadi.
Reagent xo‘jaligida qattiq achchiqtosh qabul qilinadi, eritiladi, suyuq holda saqlanadi va yana suv tarkibidagi qoldiq loyqalik tindiriladi.
3 ta suyuq achchiqtosh saqlash havzasi;