August 30, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”:Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarining ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlarida ichimlik suv taʼminotining uzilishlar holati bo‘yicha RАSMIY BАYONOT (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Quyichirchiq tumani “Surum” MFY hududida joylashgan VU – 1 suv ishlab chiqarish inshootini elektr-energiya bilan taʼminlovchi №110 – elektr liniyasidan kelayotgan elektr kuchlanishi meʼyorida (380 V dan 454 V) saqlanmayotganli sababli, mazkur suv inshootidagi nasos agregatlari vaqti-vaqti bilan toʼxtatilmoqda.

VU – 1 suv inshootidagi nasos agregatlari o‘chirilishi tufayli quyidagi tumanlarning mahalla fuqarolar yig‘inlariga toza ichimlik suvidan uzulish holatlari kuzatilmoqda:

Zangiota tumani – Abdujalilbob, Kengkichik, Nihol, Dehqonobod, Chinor, Madaniyat, Zаrafshon, Ibrat, Nurobod, Achchisoy, Ulug‘bek, O‘rikzor, To‘qimachi, Obod to‘qimachi, Saxovat, Bog‘ishamol, Obod turmush;

Yangiyo‘l tumani – Tuyabo‘g‘iz, Chamanzor, Chang tepa, Xonqo‘rg‘on, Xalqabod, Mirishkor, Nihol, Olmozor, Iftixor, Vatan, Samarqand MFYlar.

Ushbu MFYlarga maxsus suv tashuvchi avtoulov orqali yetkazib berish tizimli ishga tushirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, VU – 1 suv ishlab chiqarish inshootida Quyichirchiq tumani TETK tomonidan “T-2” transformator (10 000 кВА) o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat