June 1, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Bekobod shahar G‘afur G‘ulom ko‘chasida joylashgan diametri Ø300 mm li suv quvur nosozligi bartaraf etilib, 55 ming isteʼmolchi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Bekobod shahri “Paxtakor”, “Yoshlik”, “Do‘stlik”, “Samarqand”, “Turkiston”, “Sirdaryo”, “Mustaqillik”, “Muqimiy”, “Metallurg”, “Obod-turmush”, “Nurli yo‘l”, “Yangi hayot”, “Taqachi” MFYlarda istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.

Xususan, G‘afur G‘ulom ko‘chasida joylashgan diametri Ø300 mm li suv quvuri eski holatga kelib qolganligi sababli, yoriq paydo bo‘lib, suv oqishda davom etgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bekobod shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, 30 may kuni quvurdagi suv butunlay to‘xtagandan so‘ng, maxsus uskunalar bilan diametri Ø300 mm bo‘lgan suv quvuri o‘rniga, diametri Ø279 mm bo‘lgan 6 metrli suv quvuri almashtirildi.

Mazkur “Paxtakor”, “Yoshlik”, “Do‘stlik”, “Samarqand”, “Turkiston”, “Sirdaryo”, “Mustaqillik”, “Muqimiy”, “Metallurg”, “Obod-turmush”, “Nurli yo‘l”, “Yangi hayot”, “Taqachi” MFYlarning 55 ming isteʼmolchi toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati