May 25, 2023

“Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Angren shahar bo‘limiga qarashli “Gidrouzel 1-ko‘tarma“ suv olish inshoоtidan chiquvchi suv quvurida nosozlik holati bo‘yicha RASMIY BAYONOT (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

2023-yil 25-may kuni soat taxminan 01:35da “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ Angren shahar bo‘limiga qarashli “Gidrouzel 1-ko‘tarma“ suv olish inshoоtidan chiquvchi diametri Ø1020 mm li suv quvurida nosozlik holati sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ direktorining birinchi o‘rinbosari, bosh muhandis boshchiligida ishchi guruh yetib borib, avariya sabablari o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, diametri Ø1020 mm li suv quvurida suv aylanmasi paytida uchta nuqtada yuqori darajada yoriq paydo bo‘lib, tashqariga suv chiqsh holati kelib qolgani aniqlandi.

“Gidrouzel 1-ko‘tarma“ suv olish inshoоti ishchi-xodimlari tomonidan soat 01:35 dan so‘ng suv ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilib, hozirda ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, suv quvurining uchta nuqtadagi yorig‘i ta’mirlanmoqda.

“Gidrouzel 1-ko‘tarma“ suv olish inshoоtidan chiquvchi diametri Ø1020 mm li suv quvuri to‘liq ishga tushishi uchun tezkorlik bilan choralar ko‘rilmoqda.

Ushbu avariyani bartaraf etilgunga qadar, “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Angren shahar bo‘limi tomonidan maxsus suv tashish avtoulov orqali “Yoshlik”, “Dorilfunun”, “Istiqlol”, “Mustaqillik”, “Karvon” mahalla fuqarolar yig‘iniga ichimlik suvi yetkazib berilmoqda.

FOTOLAVHALAR

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati