“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Fuqarolar ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumanlararo sudi bilan hamkorlikda o‘quv-seminar o‘tkazildi (Foto-video)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi(FPK)ning 189-191 moddalari talablari asosida sudga murojaat qilish shakli va tartibi bo‘yicha hamkorlikda murojaat qilish borasidagi bilim tajribalarini oshirish maqsadida, “Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ direktorining tashabbusi bilan Fuqarolar ishlari bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumanlararo sudi tomonidan AJning mas’ul xodimlarga o‘quv-seminar o‘tkazildi.
– O‘zbekiston Respublikasininr 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-son “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanishlarni oldini olish borasidagi ishlar;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-iyuldagi 194-sonli qarori talablarini buzgan iste’molchilarni fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlariga berilgan da’vo arizalari Majburiy ijro byurosining hududiy bo‘limlarida ta’minlash yuzasidan;
“Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanishlarni oldini olish borasidagi ishlar;
– o‘zboshimchalik bilan ulanishlar oqibatida yetkazilgan zararni undirish va tarmoqdan uzish ishlarini yuristlar tomonidan nazorat qilinishi va sud orqali hal etish;
– iste’molchilarning muddati o‘tkan debitor qarzdorliklarini aniqlash, undirish hamda Jamiyat yuridik xizmati tomonidan sudlarga da’vo kiritish uchun hujjatlarni taqdim etish tartibi;
– shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritish;
– ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha mavjud noqonuniy holatlarning turlari hamda ularni aniqlash usullari;
– Yuridik va jismoniy shaxslar bilan nizolar vujudga kelganda mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘rishni tartibi haqida.
Seminar so‘nggida, savol-javoblar bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat