“Toshkent suv taʼminoti”: Qibray va Toshkent tumanlarida sayyor qabul o‘tkazildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminov tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan va tasdiqlangan Ommaviy sayyor qabullar jadvaligan asosan, 2023-yil may oyida Qibray va Toshkent tuman bo‘limlari binosida aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlash, oqova suv tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha murojaatlar o‘rganilib, joyiga chiqqan holda yechim topmoqda.
Qibray tumanida 5 murojaat rasmiylashtirildi: 1 og‘zaki, 4 ta yozma.
1 ta murojaat bo‘yicha joyida tegishli tushintirish berildi. 1 ta murojaat ijobiy hal etildi, 3 ta murojaat joyiga chiqib o‘rganiladi.
Toshkent tumanida 3 murojaat rasmiylashtirildi: 1 og‘zaki, 2 ta yozma.
1 ta murojaat bo‘yicha joyida tegishli tushintirish berildi. 2 ta murojaat bo‘yicha joyiga chiqib, tegishli tartibda yechim topildi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminov tomonidan sayyor qabullarda nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.