October 25, 2023

“Toshkent suv ta’minoti”: Yangiyo‘l shahridagi Markaziy suv inshootida diametri Ø400 mm li ichimlik suv quvuri almashtirildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv ta'minoti” MCHJ direktori No‘mon Aminovning topshirig‘iga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta ta’mirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Toshkent suv ta'minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati Yangiyo‘l shahar filialiga qarashli Markaziy suv inshootida diametri Ø400 mm li 70 m. li quvur hamda diametri Ø400; Ø200; Ø100; Ø80 mm li 5 ta zulfin (zadvijka) almashtirildi.

Ushbu quvur 1957-yilda yotqizilgan bo‘lib, “Mezon”, “Fayziobod”, “Farxod”, “Baxt”, “Yangibog‘”, kabi 10 ta MFY ichimlik suvi bilan ta’minlab kelingan.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat