December 14, 2023

“Toshkent suv taʼminoti” MCHJ Zangiota va Qibray tumanlari diametri Ø800 hamda Ø100 mm li suv quvurida nosozlik holati bo‘yicha RASMIY BAYONOT

Bosh sahifa | Русский язык

2023-yil 13-dekabr kuni soat taxminan 21:00da “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Zangiota tuman filiali tasarrufidagi ВУ-1 suv ko‘tarish inshootidan chiquvchi Yangiyo‘l tumani “Saidota” mahallasi “Chirchiq” daryosi ustidan o‘tgan diametri Ø800 mm li suv quvurida nosozlik holati hamda Qibray tumani “Parvoz” MFY Ahillik ko‘chasi hududidan o‘tgan diametri Ø100 mm.li suv quvurida nosozlik holati sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ direktori tomonidan tashkil etgan ishchi guruh yetib borib, avariya sabablari o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, ikkala holat suv quvurida suv aylanmasi paytida yuqori darajada yoriq paydo bo‘lib, tashqariga suv chiqish holati kelib qolgani aniqlandi.

Yuzaga kelgan nosozlik holatlarini ta’mirlash maqsadida, Joriy yil 14-dekabr kuni soat 9:00 dan 13:00 ga qadar suv ta’minoti vaqtinchalik muddatga to‘xtatiladi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat