May 28, 2023

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ va shahar, tuman xodimlar xonadonida kichik quyosh foto elektr stantsiyasi o‘rnatilish boshlandi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Mamlakatimizning bir qator tuman va shaharlarni energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, muqobil energiya manbalarini joriy qilish va rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilmoqda.

Bekobod shahar, Do‘stlik mahallasi 14-daha 45-uy 32-xonadonda istiqomat qiluvchi Xayrulla G‘aybullaev xonadonida 3 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stantsiyasi o‘rnatildi.

Isteʼmolchi va Toshkent viloyati “IPOTEKA BANK” ATIB BEKABAD FILIALI o‘rtasida besh yillik ikki tomonlama shartnoma imzolandi.

Shartnoma bandlarida 1 kVt quvvat 11 mln so‘mdan baholangani ko‘rsatib o‘tilgan.

Qurilma tegishli tartibda laboratoriyalar tekshiruvidan o‘tkazilganligi sababli o‘rtacha 20-25-yil davomida xizmat ko‘rsatadi. Bu esa, o‘sha davr oralig‘ida texnik xizmat ko‘rsatish talab etilmaydi.

Hozirgi kunda quyosh panellarni xonadonlarda oʼrnatish qulay va oson.

Xonadon egasi ehtiyojidan ortgan qismini elektr tarmoqlari korxonasiga sotib daromad qilish ham mumkin. Bunda jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday soliq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

Maʼlumot uchun, quyosh nurini elektromagnit to‘lqinlari deb qarash mumkin. Kvant nazariyasiga asosan, elektromagnit to‘lqinlariga nol massali elementar zarrachalar – fotonlar deb qaraladi.

Quyosh energiyasini fotoelektrik energiyaga qayta aylantirish asosida 1887-yilda Gers tomonidan yaratilgan, yorug‘lik fotonlaring baʼzi bir metallarning elektronlari bilan kirishuvi natijasida elektronlar maʼlum miqdordagi energiyaga ega bo‘ladilar. Mana shu energiyadan foydalangan holda quyosh energiyasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektroenergiya olish mumkin. Bu jarayonga fotoeffekt hodisasi deyiladi.

Shunday kilib, fotoelektr yacheykalarida yorug‘lik nurlanish energiyasi elektr energiyasiga aylantiriladi. Fotoelektr yacheykalarini tayyorlashda birinchi bo‘lib mono yoki polikristall kremniydan foydalanilgan.

Keyingi vaqtlarda fotoelektr yacheykalar amorf kremniy, kadmiy – tellurid yoki mis – indiy-selindan yupka plyonkalar shaklida tayyorlana boshladi. Ularning foydali ish koeffittsenti qariyb 8 foizni tashkil etadi, biroq mono yoki polikristall kremniydan tayyorlanadigan fotoelektr yacheykalarga qaraganda tayyorlanishi arzonroqdir.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati