June 20, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Toshkent tumanning “Sirg‘ali”, “Faravon”, “Sarke”, “Ma’rifat” va “Xalimkup” MFYlarga maxsus suv tashish avtoulov orqali aholiga ichimlik suvi yetkazib berilmoqda (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-martdagi PQ–2818-sonli Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Toshkent viloyatining shahar va tumanlarida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruktsiya qilish va qurish (1-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qaror ijrosini taʼmilash maqsadida, Toshkent tumaning aholiga yetkazib beriladigan suv tarmoqlarini tortish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Toshkent tuman bo‘limi tomonidan mavjud mahalla fuqarolar yig‘iniga tasdiqlangan jadval asosida “Qodiriya” suv ko‘tarish inshootidan kelayotgan ichimlik suv tarmog‘i orqali taʼminlanmoqda.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Toshkent tuman boʼlimi mavjud ichimlik suvi tarmoqlari orqali “Sirg‘ali”, “Faravon”, “Sarke”, “Maʼrifat” va “Xalimkup” MFYning ayrim ko‘chalaridagi xonadonlarga suv yetib borilmayotganligi sababli maxsus suv tashuvchi avtoulov orqali yetkazib berish tizimi ishga tushirilgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ tomonidan aholiga yetkazilayotgan ichimlik suvi epidemiologik, radiatsiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsizdir.

Ichimlik suvi sifatining tahlili ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining laboratoriyalarida amalga oshiriladi.

Ichimlik suvi quyidagi hollarda maxsus suv tashish avtoulovda yetkazib beriladi:

  • ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tarmoqlari mavjud bo‘lmagan hududlarga;
  • ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chog‘ida;
  • ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
  • favqulodda vaziyatlarda.

FOTOLАVHАLАR

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati