February 20

“Toshkent viloyati suv ta’minoti”: O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarida suv ta’minoti va oqova suv xizmati darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha Sayyor qabul o‘tkazildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ direktori topshirig‘i bilan O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarida suv ta’minoti va oqova suv xizmati darajasini yanada yaxshilash bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Jamiyat bosh muhandisning eksplatatsiya bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nartayev boshchiligida bo‘lim boshliqlari, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari rahbar-xodimlari, hamda boshqa tashkilot mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Sayyor qabulda aholini qiynab kelayotgan suv ta’minoti va oqova suv xizmati tizimidagi masalalar yuzasidan muammolar bo‘yicha 10 tadan ortiq murojaat kelib tushgan.

Xususan, Toshmatov Sobir, Turayeva Nazira, Umarova Saida, Bozorboyeva Bibigul, Mahkamova Gulzoda, Bekulov Toliboy, Abdurasulova Mohira, Mirjamalov Mirto‘lab, Yunusov Raximboy, Abdullayev Orifjon, Nurmuxamedova Zulfiya kabi iste’molchilari tomonidan “Oqava suv tarmog‘iga ulanish”, “Ichimlik suvi masalasi”, “Ichimlik suvidagi qarzdorlik masalasi”, “Ichimlik suvi xisoblagichini rasmiylashtirish” ““Obod maxalla” dasturi asosida ichimlik suvi tarmog‘i tortilgan, ammo ulanmaganligidan norozi” kabi mavzularda berilgan muammoli savollariga tegishli javoblar olindi.

2024-yil fevral oyida O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabuldagi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan nazorat rejasi tasdiqlandi.

“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ direktori tomonidan ushbu nazorat rejaga kiritilgan murojaatlarni belgilangan muddatdan kechiktirmay bajarilishi yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat