“Toshkent suv taʼminoti”: Nurafshon shahar aholisini ichimlik suv ta’minoti va oqova suv ta’minotini yaxshilash maqsadida quyidagi ishlar rejalashtirilgan va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1 va 3 iyun kunlari Toshkent viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida Nurafshon shahrini to‘liq oqova suv tarmoqlari yaxshilash maqsadida, 4000 kub metrli oqova suv tozalash inshootini qurish hamda 30,7 km uzunlikdagi oqova suv tarmog‘ini qurish rejalashtirilgan.
PK–4067-sonli Qaroriga asosan, 2019–2023-yilarda qurilishi rejalashtirilgan, hozirda jami: 30,7 km oqova suv quvuri tortilgan va oqova suv tozalash inshootini 2000 kub metrli ishga tushirilishi jarayonida.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-may VMQ–5118-sonli qaroriga asosan Nurafshon shahrida ichimlik suv tizimini yaxshilash belgilangan:
1. Nurafshon shahar “Nurafshon smart siti” hududida ichimlik va okova suv tarmoqlarini qurish, Chig‘iriq suv inshootini rekonstruktsiya qilish va Nurafshon markaziy suv inshootini rekonstruktsiya qilish obyektlariga bosh pudratchi “KOMPAKT KOMFORT KONTAKT” MChJ korxonasi belgilangan.
Yuqoridagi ko‘rsatilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
2. Nurafshon shahar “Nurafshon smart siti” hududida 3.6 km oqova suv tarmog‘i va 4.6 km ichimlik suv qurilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 3.0 km oqova suv tarmog‘i va 4.2 km ichimlik suv tarmoqlari yotqizildi.
3. “Nurafshon” MFY da joylashgan Chig‘iriq suv inshootida 250 metr chuqurlikda 3 dona yangi skvajina qazish va nasos agregatlarini o‘rnatish belgilangan. Hozirgi kunda rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilib “Yangiobod”, “Nurafshon”, “Yoshlik”, “Birlik” MFYlarda 10 000 nafardan ortik aholisining ichimlik suv ta'minoti yaxshilandi.
4. Oybek, “To‘ytepa” va “Navro‘z” MFY aholisini sifatli va uzluksiz suv ta'minoti bilan ta'minlash maqsadida Oybek MFYda joylashagn markaziy suv inshootiga 500 kub metrli 2 dona suv saqlash xovuzi (rezurvar), nasos agregatlari va suvni zarasizlantirish (xlorlash) binosi qurush ishlari olib borilmoqda.