June 14, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Nurafshon shahar Toshkent yo‘li ko‘chasida diametri Ø160 mm li polietilen suv quvuri taʼmirlandi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Nurafshon shahri bo‘limining dispetcherlik xizmati ☎️ 998 70 762-63-73 ga 2023-yil 13-iyunda “Navro‘z” MFYda istiqomat qiluvchi X.T.dan Toshkent yo‘li ko‘chasida suv quvuri nosozligi bo‘yicha murojaat kelib tushgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Nurafshon shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Toshkent yo‘li ko‘chasida diametri Ø160 mm li suv quvurida yoriq paydo bo‘lib, suv oqishda davom etgan.

Nurafshon shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, 13-iyun kuni quvurdagi suv butunlay to‘xtagandan so‘ng, maxsus uskunalar bilan diametri Ø160 mm polietilen suv quvuri yorig‘i taʼmirlandi.

Maʼlumot uchun, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirig‘iga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati