June 2, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Qibray tumanida ichimlik suvga ulanish va kelgusida aniqlangan kamomadni    elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda  (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti”MChJ va uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan isteʼmolchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib bormoqda.

Аbonetlar xizmati bo‘limi va hududiy inspektsiyasi hamkorligida tashkillashtirilgan ishchi guruh tomonidan Qibray tumanida jismoniy shaxslarning ichimlik suvga ulanish va kelgusida aniqlangan kamomadini elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha wgcraft.uztelecom.uz Billing bazasi oraqali onlayn tarzda ko‘rsatib berildi.

Jumladan, Uzumzor mahallasi Sunbulla ko‘chasi 77-xonadon Mukaramov Ikromxoja Yusupovich – ko‘rsatkich bazaga kiritilib to‘lovlar bo‘yicha tushuncha berildi, bazadagi qarzdorligi bo‘yicha kerakli hujjatlar yig‘ib taʼminotchi korxonaga tegishli tartibda taqdim etilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

Sunbulla ko‘chasi 67-xonadon Mukaramov Yusupovich Ilyas – bazada suv hisobdoni kiritilmagan ushbu hisobdoni bazaga kiritish hamda, bazadagi qarzdorligi bo‘yicha kerakli hujjatlar yig‘ib taʼminotchi korxonaga tegishli tartibda taqdim etilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

Sunbulla ko‘chasi 32-xonadon Ibragimov Raximjon Mamadjanovich – ko‘rsatkich bazaga kiritilib tо‘lovlar bо‘yicha tushuncha berildi, bazadagi qarzdorligi bo‘yicha kerakli hujjatlar yig‘ib taʼminotchi korxonaga tegishli tartibda taqdim etilishi to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.

Sunbulla ko‘chasi 34-xonadon MАDАLIEV S – ko‘rsatkich bazaga kiritilib to‘lovlar bo‘yicha tushuncha berildi, bazadagi qarzdorligi bo‘yicha kerakli hujjatlar yig‘ib taʼminotchi korxonaga tegishli tartibda taqdim etilishi to‘gʼrisida ko‘rsatma berildi.

Qibray tumaning isteʼmolchi qarzdorligi bugungi kunda 14 mlrd 513 mln so‘m kamomadi aniqlangan.

Misol uchun:

– Uzumzor mahalla Sunbulla ko‘chasi 66-xonadon ROZIMETOV X – 2 916 287.40 so‘m qarzdorligi uchun ogohlantirish berilgan bo‘lib;

– Sunbulla ko‘chasi r/s-xonadon ShOIMАVА S – 1 806 236.19 so‘m qarzdorligi uchun ogohlantirish berilgan bo‘lib;

– Gulbuloq 53-xonadon Rahmatova Rixsi – 4 575 351.03 so‘m qarzdorligi uchun ogohlantirish berilgan bo‘lib;

– Gulbuloq 2-berk ko‘chasi 4-xonadon Qoraxo‘jayeva Shuxrat – 5 149 486.59 so‘m qarzdorligi uchun ogohlantirish berilgan bo‘lib;

– Gulbuloq 65-xonadon Tursunxo‘jayev Tuxmamurodov – 3 572 076.07 so‘m qarzdorligi uchun ogohlantirish berilgan bo‘lib, hozirgi kunda tarmoqdan uzilgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirig‘iga ko‘ra, ichimlik suv va oqova tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash va ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olishga qaratilgan nazorat-reyd tadbirlari davom etmoqda.

Maʼlumot uchun, Toshkent viloyati bo‘yicha jami isteʼmolchilar soni 376 181 tani tashkil qiladi, shundan aholi isteʼmolchilari 365 898 ta hamda yuridik tashkilotlari 10 283 tadan iborat.

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foizoldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati