June 14, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Olmaliq shahri “Navro‘z” MFY Cho‘lpon ko‘chasida diametri Ø76 mm li polietilen suv quvuridagi muammo bartaraf etildi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Olmaliq shahri “Navro‘z” MFY Cho‘lpon ko‘chasida istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirig‘iga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Olmaliq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, oʼrganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Cho‘lpon ko‘chasi 25-; va 29- uylar oldida diametri Ø76 mm li suv quvurida yoriq paydo bo‘lib, suv oqishda davom etgan.

Olmaliq shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, maxsus uskunalar bilan diametri Ø76 mm polietilen suv quvuri yorig‘i taʼmirlandi.

Maʼlumot uchun, Olmaliq shahar 24/7 dispetcherlik xizmati ☎️ 998 70 615-21-70, 70 615-22-85

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati