March 7

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ direktorining 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tabrigi  

Bosh sahifa | Русский язык

Qadrli xotin-qizlar! Hurmatli hamkasblar! Barchangizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Hayotimizda keng nishonlanadigan ko‘plab yorqin bayramlar bor. Ular orasida bahor faslining jozibasi va tarovati bilan to‘lgan 8-mart bayrami alohida o‘rin tutadi.

Ushbu ayyom aziz ayollarga chin qalbimizdan eng samimiy, eng ulug‘vor so‘zlarni aytish, ularga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromimizni izhor etish uchun yana bir imkoniyat yaratadi.

Qayd etish joizki, mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘zini namoyon qilishi uchun shart-sharoit yaratish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yaratilayotgan ushbu sharoitlar tufayli ayollar oila va jamiyatda o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishib, katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishmoqda.

Bunga “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJda faoliyat olib borayotgan ayollar ham yorqin misoldir.

Aslida ichimlik suv va oqova tizimi sohasi rivojiga hissa qo‘shish uchun erkaklar bilan yelkama-yelka mehnat qilayotgan har bir ayol xodim bizning faxrimizdir.

Siz, aziz ayollar sharofati bilan hayotimiz yanada sermazmun, sizning mehringiz bilan xonadonlarda tinchlik va farovonlik hukm surmoqda. Oilangiz, farzandlaringiz, butun mamlakatimiz uchun doimo sog‘lom va baxtli bo‘ling! Chunki ayol baxtli bo‘lsa, butun jamiyat baxtlidir.

Hurmat bilan,

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ direktori Ravshan Mayakubov

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat