August 23, 2023

“Toshkent suv ta’minoti” MChJning shahar va tuman filiallarida “Obodonlashtirish oyligi” davom etmoqda. Fotoalbom – 2

Bosh sahifa | Русский язык

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “Toshkent suv taʼminoti” MChJ hamda uning shahar va tuman filiallari tomonidan 2023-yil 30-iyuldan 30-avgustgacha “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Bo‘stonliq tumani RTS suv inshooti

Bugungi kunda belgilangan tadbirlar doirasida 22 ta shahar va tuman suv ta’minoti filiallariga qarashli oqova hamda suv inshootlari egallab turgan yer maydonlari obodonlashtirilib, tartibga keltirilmoqda. Ushbu oqova va suv inshootlaridagi bino-inshootlarning fasad hamda ichki qismlarida pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, tadbirlar doirasida 61 ta ichki yoritish tizimi ta'mirlanib, 16 956 dan ortiq daraxtlarni oqlash va shakl berilib, 12 071 km ichki ariqlar va meliorativ kollektorlar tozalanib, atroflari obodonlashtirildi.

FOTOLAVALBOM

Bo‘stonliq tumani 3-suv ko‘tarish bekatida obodonlashtirish ishlari
Ohangaron shahar suv havzasida obodonlashtirish ishlari
Bo‘stonliq tumani RTS suv inshooti
Ohangaron shahar suv havzasida obodonlashtirish ishlari
Olmaliq shahar oqova suv tozalash inshooti
Ohangaron shahar suv havzasida obodonlashtirish ishlari
Qibray tumani “Yangi hayot” suv inshooti
Ohangaron shahar suv havzasida obodonlashtirish ishlari
Bo‘ka tumani Markaziy suv inshootida obodonlashtirish ishlari
Angren shahar filiali Navro‘z suv tozalash inshootida obodonlashtirish ishlari
Toshkent tumani ma'muriy binosida obodonlashtirish ishlari
Olmaliq shahar 4-sonli nasos stantsiyasida obodonlashtirish ishlari
Yangiyul tumani “Obod” suv inshoatida obodonlashtirish ishlari olib borilmokda.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat