April 30

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Yangiyo‘l tumanida iste’molchilarning debitor qarzdorligi holati bo‘yicha ma’lumot (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

Suvning kundalik turmush tarzimizda tutgan o'rnini anglashni istasanggiz bor yo‘g‘i bir kuninggizni usiz o‘tkazishga harakat qilib ko‘ring.

Aslida bitmas-tuganmasdek ko'rinadigan bu ne’mat ham bir kun tugashi aniq. Shu bois mas’ullar tomonidan uni tejash isrof qilmaslik xususida doimiy ravishda  tushuntirishlar berib boriladi.

Qolaversa, har bir iste’molchi qonunda belgilangan tartibda unga to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishi ham zarur.

Yurtdoshlarimiz orasida bu masalani biroz e’tibordan chetda qoldirganlar ham bor, afsus.

Bu esa eng avvalo o‘zlari bilan kelib chiqadigan noqulayliklarga sabab bo‘ladi.

Hozirda qarzdorlikni kamaytirish yuzasidan ham ishlar faol olib borilmoqda.

2023-yilning 1-yanvar sanasidagi holatga asoslansak tumanda jami iste’molchilar soni 17 122 nafarni tashkil etadi. 9561 nafar iste’molchida 8 324 237 491 so‘m debitor qarzdorlik mavjud edi.

2024-yilning 1-aprelidagi natijalarga ko‘ra 3 568 517 282 so‘m qarzdorlik qisqartirilgan. Hozirgi vaqtda jami iste’molchilar soni 24 844 nafarni tashkil qilib 12 181  iste’molchida jami 4 755 720 209 so‘m qarzdorlik mavjud.

Qolgan ulushni ham kamaytirish maqsadida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ, “O‘zsuvta'minot” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat boshqarmasi Toshkent viloyati bo‘yicha inspektori, Yangiyo‘l tuman IIB, Yangiyo‘l tuman MIB tomonidan ishlar olib borilmoqda.

Shu vaqtga qadar 315 nafar iste’molchi suv tarmog‘idan uzildi va 235 nafaridan 694 992 086 so‘m qarzdorlikni undirish uchun ish sudga taqdim etilgan.