September 2, 2023

“Toshkent suv ta’minoti”: Qibray tumani filiali ishchi-xodimlari tomonidan ichimlik va oqova suv tarmoqlaridagi nosoz holatlarni bartaraf etish jarayonidan fotolavhalar

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Qibray tumani filiali “Mehnat”, “Burota”, “Baytko‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida ichimlik va oqova suv tarmoqlaridagi nosozlikni bartaraf etish jarayonidan fotolavhalar havola etiladi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat