Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlangani yuzasidan RASMIY BAYONOT
Bosh sahifa | Русский язык
O‘tgan besh yilda Toshkent viloyatida markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 60,9 foizdan 73,8 foizga yetkazildi.
Markazlashgan suv ta’minoti asosan viloyatning 3 ta yirik yer usti inshootlari orqali ya’ni Angren shahar "Navro‘z" suv tozalash inshooti, Chirchiq shahar "Ochiq" suv tozalash inshooti va Qibray tumani "Qodiriya" suv tozalash inshootlari hamda 22 ta tumandagi suv ishlab chiqarish (skvajina) inshootlaridan iborat bo‘lib, aholiga 594 ta suv inshootlari, 866 dona suv olish quduqlari hamda 6 683,6 km uzunlikdagi ichimlik suv quvurlari va tarmoqlari orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini yaxshilash maqsadida "Toshkent suv ta’minoti" MChJ va boshqa manbalar hisobidan 2022-yilda jami 7,4 mlrd. so‘m mablag‘lar evaziga 45,2 km ichimlik suv tarmoqlari kapital, 125,1 km qismi joriy ta`mirlangan.
Shuningdek ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital ta’mirlash, tizimni modernizasiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi 6074-sonli Farmoni 3-bandi va 2022-yil 2-avgustdagi 341-sonli qarori 4-ilovasi 5.11-bandiga muvofiq, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Toshkent suv ta’minoti” MChJga 2023-yil 1-iyunda berilgan T-11-01/03-2329-sonli xulosasi, Iqtisodiyot va Moliya bosh boshqarmasining 2023-yil 19-iyundagi 02-20/27-08-38/1123-sonli xati o‘rganib chiqilib, viloyatda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflarini tartibga solish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Toshkent suv ta’minoti” MChJning iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun 2023-yil 20- avgustdan boshlab yangilangan tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra 2023-yilning 20-avgustidan quyidagi belgilangan tariflar amalda qo‘llaniladi:*
a) aholi uchun –1 m3 – 1 700 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 - 7 000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 7 000 so‘m;
a) aholi uchun – 1 m3 – 850 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 1 850 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 1 850 so‘m.
Shuningdek, “Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti” MChJ hamda "Musaffo obi hayot" MChJ tomonidan iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun ham 2023-yil 20-avgustdan boshlab yangilangan tariflar (narxlar) tasdiqlandi.
Unga ko‘ra “Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti” MChJ tomonidan yetkazib beriladigan ichimlik suvi uchun yangilangan tariflar (narxlar):**
a) aholi uchun –1 m3 – 1 050 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 - 1100 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 4 000 so‘m;
a) aholi uchun – 1 m3 – 300 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 350 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 2 800 so‘m.
"Musaffo obi hayot" MChJ tomonidan yetkazib beriladigan ichimlik suvi uchun yangilangan tariflar (narxlar):***
a) aholi uchun –1 m3 – 600 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 - 1 000 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 - 3500 so‘m;
g)boshqa ulgurji tashkilotlari uchun 1 m3 - 600 so‘m
a) aholi uchun – 1 m3 – 400 so‘m;
b) byudjet tashkilotlari uchun - 1m3 – 500 so‘m;
v) ulgurji iste’molchilar uchun - 1m3 – 1 100 so‘m.
g)boshqa ulgurji tashkilotlari uchun 1 m3 - 400 so‘m
* ** ***taklif etilayotgan narxlar QQS siz hisoblangan
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.