September 15, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Bekobod shahrida ichimlik suvga ulanish va kelgusida aniqlangan kamomadni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot ishlari olib borildi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv ta'minoti” MChJ va uning shahar va tuman filiallari tomonidan iste’molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib bormoqda.

Abonetlar xizmati bo‘limi va hududiy inspektsiyasi hamkorligida tashkillashtirilgan ishchi guruh tomonidan Bekobod shahrida jismoniy shaxslarning ichimlik suvga ulanish va kelgusida aniqlangan kamomadini elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish bo‘yicha wgcraft.uztelecom.uz Billing bazasi oraqali onlayn tarzda ko‘rsatib berildi.

JAMI Abonent soni – 23 035

JAMI Debitorka – 3 042 562 409

Aholi abonent soni – 22 315 ta

Debitorka – 1 127 492 946

Yuridik soni – 720 ta

Debitorka – 1 915 069 463

Xususan, Andijon mahalla 13-m/n 9a-uy 11-xonadon Yusupovaning ichimlik va oqova uchun 463 082.72 so‘m debitor qarzdorlik mavjud. Ushbu ist’emolchining qarzdorligi yuzasidan to‘lov qilish tartibini hamda shaxsiy kabinetdan foydalanish bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi.

Andijon mahalla 13-m/n 40-uy 21-xonadon Ibragimov Farxodning ichimlik va oqova uchun 1 168 486.68 so‘m debitor qarzdorlik mavjud.

Andijon maxhalla 13-m/n 40-uy 21-xonadon TOXTAYEV ILXOM IBRAGIMOVICHning ichimlik va oqova uchun 2 710 382.29 so‘m debitor qarzdorlik mavjud bo‘lib, ushbu qarzdorlik ist’emolchiga tushuntirish ishlari olib borilgandan so‘ng qisman 400 000 so‘m Paynet ilovasi orqali to‘lovi amalga oshirdi.

“Xalq ta’limi bo‘limi” qarzdorligi 68 360 471 mln so‘mni tashkil etmoqda.

“O‘zmetkombinat” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qarzdorligi 33 685 754 mln so‘mni tashkil etib, qarzdorligi uchun ichimlik suvi tamg‘alandi.

ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foizoldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat