July 6, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Chirchiq shahri ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmati bo‘yicha umumiy maʼlumot (Foto+video) 

Bosh sahifa | Русский язык

Ichimlik suv taʼminoti

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 44 ta MFY mavjud bo‘lib, 164 838 nafar aholi istiqomat qiladi, shundan 163 839 nafar aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlangan, taʼminlanganlik darajasi 99,4%ni tashkil qiladi.

Аsosiy markazlashgan ichimlik suv manbayi yer usti suvlari hisoblanadi. Qolgan 999 nafar aholi alternativ (buloq, soy va quduq) manbaalardan foydalanadi.

Bo‘lim tasarrufida jami 8 ta ichimlik suv inshootlari mavjud bo‘lib, shundan 2 ta taʼmirtalab va 2 ta yaroqsiz.

Suv inshootlarining loyihaviy quvvati 119,9 ming kub metrni tashkil etib, amalda kunlik 110,3 ming kub metr ichimlik suv ishlab chiqarmoqda.

Chirchiq shahar ichimlik suv tarmoqlari uzunligi 257,5 km.

Shundan 57,9 km taʼmirtalab bo‘lib, davlat dasturi hamda boshqa loyihalarga bosqichma-bosqich kiritilmoqda.

Oqova suv xizmati bo‘yicha

Shaharning oqova suv xizmati qamrovi 78,1% (128 741 nafar aholi) tashkil etadi.

Bo‘lim tasarrufida jami 2 ta oqova suv tozalash inshootlari hamda 2 ta KNS mavjud.

Oqova suv tarmoqlari uzunligi 223,6 km tashkil etib, 26,3 km taʼmirtalab holatda.

Loyiha bo‘yicha:

– diametri Ø 160–800 mm – 28,8 km oqova suv tizimini rekonstruktsiya qilish va qurish;

– oqova suv nasos stantsiyalarni 2 dona rekonstruktsiya qilish;

Ishchi va tender hujjatlarini ishlab chiqib, Konsultant tomonidan Davlat ekspertizasiga topshirildi.

Chirchiq shahar aholisini sifatli va toza suv bilan taʼminlayotgan suv inshooti to‘g‘risida maʼlumot

Аholini sifatli va toza suv bilan taʼminlash katta gigienik ahamiyatga ega bo‘lib, insonlarni turli xil epidemik kasalliklardan himoya qiladi.

Kerakli miqdorda aholi punktlarini suv bilan taʼminlash uning turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Zamonaviy shaharlarni suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun bir kecha kunduzda sarflanadigan suvning miqdori mln metr kublarni o‘z ichiga oluvchi katta raqamlarni tashkil etadi.

Sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash uchun suv manbalarini tanlashda asosiy eʼtibor ularni turli iflosliklardan himoya qilishga, suv tozalash inshootlarini himoya qilishga qaratilgan.

Ko‘p tarmoqli sanoatning ishlab chiqarish korxonalaridagi jarayonlar suv sarfi bilan bog‘liq.

Аyrim sanoat ishlab chiqarish korxonalari va energiya ishlab chiqarish korxonalari katta shaharlarni suvga bo‘lgan talabidan ko‘p miqdorda suv ishlatiladi.

Аyrim korxonalarni suvning sifatiga bo‘lgan talabi o‘zgacha va boshqachadir. Sarflanayotgan suvning sifati, miqdori va sanoat korxonalari suv bilan taʼminlash uning ishlab chiqarayotgan mahsulotining sifati va tannarxiga taʼsir etadi.

Shuniing uchun ishlab chiqarish korxonalarida suv taʼminotini to‘g‘ri tashkil qilish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega.

Suv bilan taʼminlash masalasini hal qiluvchi inshootlar majmuasi yaʼni suvni manbaadan olib, tozalab, quvurlar orqali yetkazib va aholigi tarqatuvchi inshootlar suv taʼminoti tizimi deyiladi.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Chirchiq shahar bo‘limi suv inshootlari to‘g‘risidagi maʼlumot bilan tanishib chiqamiz

1-ko‘tarma suv inshooti(SDK): 1991-yilda qurilgan bo‘lib, egallagan yer maydoni 4,03 ga. Inshootning amaldagi quvvati 100 000 m3/sut suv ko‘tarish quvvatiga ega. Inshootda hozirgi kunda 6 dona suv ko‘tarish nasos agregatlari mavjud.

5 dona Villo 250 kVt/1400 m3, 1 dona D 2500-62 500 kVt. rusumli agregatlari o‘rnatilgan.

“Ochiq suv xavzasi” inshooti: 1991-yil qurilgan bo‘lib, egallagan yer maydoni 19,21 ga. Inshootning amalgadagi quvvati 50 000 m3/sut suv ko‘tarish quvvatiga ega. Inshootda hozirgi kunda 4 dona suv ko‘tarish nasoslari mavjud bo‘lib, jumladan, 3 dona GTSB 400-300-500А hamda 1 dona D 2500-62 rusumli agregatlari o‘rnatilgan.

“Markaziy” suv inshooti: 1952-yil qurilgan bo‘lib, egallagan yer maydoni 62 ga. Inshootning amaldagi quvvati 30 000 m3/sut ni tashkil etadi. Inshootda jami 20 dona skvajina quduqlar mavjud bo‘lib, 11 dona ETsV, 1 dona D 1250/125 nasos agregatlari ishlaydi.

“Аrancha” 3-sonli suv olish inshooti: 1965-yil qurilgan bo‘lib, egallagan yer maydoni 4,156 ga. Inshootning loyihaviy quvvati 10 000 m3/sut bo‘lib, amaldagi quvvati 8 000 m3/sut ni tashkil etadi. 6 dona yer osti qudugʼi (skvajina) mavjud bo‘lib, 6 dona ETsV 10-160-35 nasoslari mavjud.

“Oqova suv tozalash” inshooti: 1975-yilda qurilgan bo‘lib. Egallagan yer maydoni 40,4 ga.

Maʼlumot uchun, ayrim daryolarga hamon sanoat korxonalaridan, sug‘orish sistemalaridan, aholi turar joylaridan har xil chiqindi suvlar tozalanmasdan tashlanmoqda. Bu suvlar tarkibida aholi sog‘lig‘i uchun zararli moddalar ko‘p bo‘lib, u aholi iste’moli uchun foydalanishni qiyinlashtirmoqda.

FOTOLАVHАLАR

VIDEOLAVHALAR

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati