“Toshkent suv taʼminoti”: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–408-sonli Qaroriga muvofiq, Ohangaron tumanining “Ilg‘or” MFYda ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 1,5 mingdan ortiq xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ–408-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, yangi ichimlik va oqova suv quvurlari infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Ilg‘or” MFY hududida:
– 1 ta suv inshooti o‘rnatish;
– 4,3 km. uzunlikda ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Natijada mahallada yashovchi 1,5 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Shu munosabat bilan mahallada shukronalik dasturxoni yozilib, elga osh tarqatildi. Xayrli ishlar bardavom bo‘lsin, deb keksalar duoga qo‘l ochishdi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.