“Toshkent suv taʼminoti”: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–408-sonli Qaroriga muvofiq, O‘rta chirchiq tumanining 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 1000 tadan ortiq xonadonga hisoblagich o‘rnatildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ–408-sonli qarori ijrosini taʼmilash maqsadida, yangi ichimlik va oqova suv quvurlari infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘rta chirchiq tumanining “Boyqo‘rg‘on”, “Gulobod”, “Yo‘ng‘ichqoli”, “Chegara” MFYlarga ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 1000 tadan ortiq xonadonga hisoblagich o‘rnatildi:
– 340 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatildi.
– 295 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatildi.
Maʼlumot uchun, qurilish ishlarini “Asl diyor qurilish” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.
– 311 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatildi.
– 261 ta xonadonga hisoblagich o‘rnatildi.
Maʼlumot uchun, qurilish ishlarini “Geostroy prestich” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.