May 16

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Yoshlar kundaligi | Rasmiy kanalida e’lon qilingan Jamiyat faoliyatiga taalluqli TANQIDIY material bo‘yicha RASMIY BAYONOT (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

Bugun, 16 may kuni soat 15:07da Yoshlar kundaligi | Rasmiy telegramm kanalida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” MCHJ o‘zi istagan vaqtda butun viloyatni suvdan uzib qo‘yaveradimi? sarlavha ostida #Tanqidiy material e’lon qilindi.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” MCHJ o‘zi istagan vaqtda butun viloyatni suvdan uzib qo‘yaveradimi? materialning 2-xatboshisida:

Masalan, joriy yilning 16-18 aprel kunlari Toshkent viloyati Olmaliq shahrining 22 ta mahallasida (aholi — 57,5 ​​ming kishi) va 400 ta tashkilotlarida (shundan 18 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 14 ta maktab, 1 ta tug‘ruq majmuasi, 4 ta oilaviy poliklinika, 1 ta Oliy ta’lim muassasasi) ichimlik suvi o‘chirilgani qayd etilgan.– deb ko‘rsatilgan.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ – o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida Jamiyat Olmaliq shahar filiali tasarrufidagi “Axcha” suv olish inshootidan “Sartamg‘ali” suv inshootiga yetkazib beruvchi Diametri 900 mm li bosimli vakuum nasos stansiyasida nosozlik holati yuzasidan Bosh dispetcher Abdurahmon Qambarov ishtirokida BRIFING tashkil etildi.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” MCHJ o‘zi istagan vaqtda butun viloyatni suvdan uzib qo‘yaveradimi? materialning 3-xatboshisida:

Ta’kidlash lozimki, Olmaliq kon-metallurgiya korxonasi aksiyadorlik jamiyatining foydalanilgan ichimlik suvi uchun qarzdorligi mavjudligi tufayli “Toshkent viloyati suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati suv sotish bo‘limi mutaxassisi Shavkat Nishonov bir guruh inspektorlar bilan birgalikda kombinatga qarashli sanatoriy-profilaktoriyga ichimlik suvi berishni o‘zboshimchalarcha va o‘zbilarmonlarcha o‘chirib qo‘ygan. – deb ko‘rsatilgan.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ – Olmaliq shahrida Budjet-debitor qarzdorligi 320 049 000 so‘m, yuridik qarzdorligi 3 008 755 692 so‘m tashkil qiladi.

Shulardan katta karzdorlari: AGMK – 1 225 183 000 so‘m; “Inter Injenering LTD” – 1 220 804 000 so‘m; “Memor Injiniring” MCHJ – 562 768 692 so‘m.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241-sonli Farmoniga asosan, Budjet va yuridik korxonalari oldindan 100% to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risida belgilab qo‘yilgan.

Xususan, 4-bandiga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin, unga muvofiq:

barcha guruh iste’molchilariga suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda suv ta’minoti va suv chiqarish tizimidan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” MCHJ o‘zi istagan vaqtda butun viloyatni suvdan uzib qo‘yaveradimi? materialning 4-xatboshisida:

Boshqa bir holatda esa, Toshkent viloyati “Suv ta’minoti” MCHJ rahbari Ravshan Mayakubov tomonidan ilgari surilgan qarzdorlik masalasini hal qilish iddaosi bilan Nurafshon shahar Maktabchaga va maktab ta’limi bo‘limining 7-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va 1, 4-maktablar ichimlik suvidan uzib qo‘yilgan. – deb ko‘rsatilgan.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ – Nurafshon shahar Maktabgacha va Maktab ta’lim bo‘limi tomonidan 2024 yil 01 yanvar holatiga ko‘ra 27 088 000 so‘m deb qarzdorligi tashkil etilib, 30 aprel holatiga ko‘ra, 41 125 224 so‘mga oshgan bo‘lib, jami 68 213 224 so‘m tashkil qilinadi.

Soha mutaxassislari tomonidan 26 apreldan ichimlik suv tarmog‘i to‘xtatilgan. 7 may kuni esa ichimlik suv tarmog‘i qayta faollashtirilgan.

7 mayda to‘liq undirildi. hozirgi kunda debitor karzdorligi mavjud emas.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241-sonli Farmoniga asosan, Budjet va yuridik korxonalari oldindan 100% to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risida belgilab qo‘yilgan.

Xususan, 4-bandiga muvofiq, 2018-yil 1-yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin, unga muvofiq:
barcha guruh iste’molchilariga suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish 100 foizlik oldindan haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Oldindan haq to‘lanmagan hollarda, mazkur iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda suv ta’minoti va suv chiqarish tizimidan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” MCHJ o‘zi istagan vaqtda butun viloyatni suvdan uzib qo‘yaveradimi? materialning 9-xatboshisida:

Masalan, joriy yilning 2 may kuni @rahmonali_uz telegram-kanalida Olmaliq shahar hokimligi ro‘parasida ichimlik suvining oqib yotgani haqida post e’lon qilindi. – deb ko‘rsatilgan.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ –

Kechagi suv hali ham oqib yotibdi. Suvoqovani xabar qilishicha, bu suv, OKMK korxonasiga qarashli ekan.

Menga kimga qarashli ekanni mutloq qiziq emas, maqsadsiz oqib yotishi qanchalar to‘g‘ri?

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” MCHJ o‘zi istagan vaqtda butun viloyatni suvdan uzib qo‘yaveradimi? materialning 10-xatboshisida:

Shu kuni @yangiyolliklar telegram-kanalida Yangiyo‘l tumani Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 14-maktab ko‘chasida suv quvuri yorilib ketgani, aholi murojaatlari mutasaddilar tomonidan e’tiborsiz qoldirilayotgani keltirilgan. – deb ko‘rsatilgan.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ – Munosabat e’lon qilindi.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” MCHJ o‘zi istagan vaqtda butun viloyatni suvdan uzib qo‘yaveradimi? materialning 11-xatboshisida:

8 may kuni sizdantelegram telegram-kanalida Zangiota tumani Turkiston mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarda toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muamosi yoritilgan. – deb ko‘rsatilgan.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ –

RASMIY MUNOSABAT – Jamiyat rahbari tomonidan zudlik bilan ishchi guruhi tashkil etilib, hozirda Zangiota tumani Turkiston mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi holati bo‘yicha o‘rganilib, yangi nasos agregatlari olib kelindi va o‘rnatish ishlari olib borish arafasida.

Ish jarayoni yakuniga yetkazilishi bilan Jamiyatning axborot resurslarida e’lon qilinadi.

✍️ Natijasini o‘qish: 👉 @SizdanTelegram© | Yangi O'zbekiston telegramm kanalida. 2. “Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ telegramm kanalida.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” MCHJ o‘zi istagan vaqtda butun viloyatni suvdan uzib qo‘yaveradimi? materialning 12-xatboshisida:

14 may kuni @Kusherbayevga_murojaat telegram-kanalida Nurafshon shahar Sada mahallasida ichimlik suvining isrof bo‘lib yotgani haqida fuqarolar murojaati aks ettirilgan. – deb ko‘rsatilgan.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ – Rasmiy munosabat Nurafshon shahar va Kusherbayevga murojaat telegrammlarida berildi

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat