“Toshkent suv taʼminoti”: Nurafshon shahrida ichimlik suvi tarmoqlari taʼmirlanayotganda aholiga suv maxsus avtoulov orqali yetkazib berilmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ tomonidan aholiga yetkazilayotgan ichimlik suvi epidemiologik, radiatsiyaviy va kimyoviy jihatdan xavfsizdir.
Ichimlik suvi sifatining tahlili ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlarining laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Nurafshon shahar bo‘limi mavjud ichimlik suvi tarmoqlari taʼmirlanayotgan mahalla fuqarolar yigʼinidagi aholiga maxsus suv tashuvchi avtoulov orqali yetkazib berish tizimi ishga tushirilgan.
“Oybek” MFY Toshkent yo‘li ko‘chasida ichimlik suvi quvurida nosozliklar mavjudligi sababli, 5 may kuni ichimlik suvi berilishi vaqtincha to‘xtatildi, suv tashuvchi avtoulov orqali 284 ta aholi ichimlik suvi bilan taʼminlangan;
“Obod” MFY aholisini yangi tarmoqqa ulanishi uchun ichimlik suvi berilishi vaqtincha to‘xtatildi, 16 may kuni suv tashuvchi avtoulov orqali 265 ta aholi ichimlik suvi bilan taʼminlangan;
“Yuksalish” MFY hududida joylashgan Yuksalish suv inshootida suv tortish nasosi almashtirilishi sababli, 23 may kuni ichimlik suvi berilishi vaqtincha to‘xtatildi, suv tashuvchi avtoulov orqali 258 ta aholi ichimlik suvi bilan taʼminlangan;
“Maʼrifat” MFY hududida elektr energiya tarmoqlarida nosozliklar bo‘lganligi sababli, ichimlik suvi berilishi vaqtincha to‘xtatildi, 16 may kuni suv tashuvchi avtoulov orqali 343 ta aholi ichimlik suvi bilan taʼminlangan.
Ichimlik suvi quyidagi hollarda maxsus suv tashish avtoulovda yetkazib beriladi:
- ichimlik suvi taʼminoti tashkilotining tarmoqlari mavjud bo‘lmagan hududlarga;
- ichimlik suvi quvurlaridagi va ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarining boshqa inshootlaridagi avariyalar chog‘ida;
- ichimlik suvi taʼminoti tarmoqlarida taʼmirlash-tiklash ishlari amalga oshirilayotganda;
- favqulodda vaziyatlarda.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.