“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Bekobod tumani Toshkent-Bekobod avtomabil magistral yo‘li yoqasi bo‘ylab yotqizilgan ichimlik suvi quvuri ta’mirlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
2024-yil 23-mayda Bekobod shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi "3-suv olish inshooti"dan Bekobod shahriga keladigan Bekobod tumani Toshkent-Bekobod avtomabil magistral yo‘li yoqasi bo‘ylab yotqizilgan ichimlik suvi quvuri qismida favqulodda avariya holati vujudga kelganligi ma’lum qilingandi.
Bekobod shahar filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, diametri Ø800mm li bo‘lgan magistral quvuri ta’mirlandi.
24 may kuni ikkinchi yarim kunida Bekobod shahrining 11-12-13-14-15-64-65-80-81-dahalaridagi ko‘p qavatli uylarning yuqori 3-4-5-qavatlarida hamda "Yangi hayot", MFYlarida yashovchi aholida ichimlik suvi bilan qayta ta’minlandi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat