“Toshkent suv taʼminoti”: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–408-sonli Qaroriga muvofiq, Bo‘stonliq tumanining 23 ta mahalla fuqarolar yig‘inida yangi ichimlik va oqova suv quvurlari qurilish ishlari olib borilmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi PQ–408-sonli qarori ijrosini taʼmilash maqsadida, yangi ichimlik va oqova suv quvurlari infratuzilma bilan bogʼliq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Boʼstonliq tumani “Qoraboy”, “Pargos”, “Daxana”, “Xoʼjakent”, “Sariqanli”, “Qoramanas”, “Gulobod”, “Qapal”, “Kichiksoy”, “Qoronqul”, “S.Raximov”, “Namuna”, “Xumsan”, “Talpin”, “Bogʼchaovul”, “Bo‘ston”, “Bunyodkor”, “Barraj”, “Yangiqo‘rg‘on”, “Nanay”, “Dadaboev”, “Sijjak” va “Boladala” MFYlar hududida yangi ichimlik va oqova suv quvurlarini qurish hamda rekonstruktsiya qilish ishlarini amalga oshirilishi bo‘yicha barcha loyiha va sxema hujjatlari ishlab chiqilgan.
Jumladan, “Talpin” MFY hududiga ichimlik 2000 metr suv quvurlarini rekonstruktsiya qilish. Ushbu hududda diametri Ø110 mm li 1700 metr ichimlik quvuri yotqizilmoqda.
Pudratchi tashkilot “SHORCHI OLTIN TOPROQ” MCHJ tomonidan 5 dona kolodets, 120 dona xonadonlaraga suv quttilari oʼrnatilmoqda.
Eslatma: Bo‘stonliq tumanning 23 ta MFYda 12 ta pudratchi tashkilot: “BUKHARA DISCOVER BUILDING”, “MURODIL VAQT INVEST”, “BO‘KAMAHSUSSUVPUDRAT”, “BEKTEMIR BUILDER”, “KOINOT YULDUZ SERVIS”, “SHO‘RCHI OLTIN TO‘PROQ”, “ROSHAN KOMFORT LUX”, “OLTIN VODIY QURILISH-LOYIHA”, “STROY GRAND SERVISE”, “75-MAXSUS BOSHQARMASI”, “KOMPAKT KOMFORT KONTAKT”, “OBOD O‘LKA QURILISH SERVIS” MChJlar qurilish ishlarini olib bormoqda.