“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: 2024–2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalofat o‘tkazish uchun o‘quv mashqlari boshlandi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyatida 2024–2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalofat o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarida elektr energiyasi va gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat FVB xodimlari bilan hamkorlikda filial yong‘in qutqaruv tuzilmasi a’zolari bilan yong‘in chiqqanda ularninig harakati, yong‘in chiqish sabablari birlamchi o‘t o‘chirish asboblaridan foydalanish masalalari amaliy tarzda o‘rganib chiqilmoqda.
Viloyatning yig‘ma mexanizatsiya otryadining (FVDqT xizmatining kuch vositalari) maxsus muhandislik texnikalari (yuk tashuvchi, yuk ortuvchi, kran, ekskavator, buldozer), hamda kommunal xo‘jaligi korxonalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bo‘yicha zahira materiallari (nimstansiya, transformator, kabel va havo tarmoqlari va h.o.) to‘plamlarining saf ko‘rigi namoyishi o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirlarga “Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJning avariya tiklash avtomashinasi, maxsus suv tashuvchi avtomashinalari, muhandislik texnikasi (ekskavator), Kamaz KO avtomashinasi va avariya tiklash brigadalari xodimlari kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini bartaraf etishga zarur bo‘lgan asbob-anjomlar va materiallar zaxirasi bilan jalb etilmoqda.
O‘quv mashqining nazariy qismida mashq yakuni bo‘yicha barcha ishtirokchilar yig‘ilib, o‘quv mashqining yutuq va kamchiliklari bo‘yicha izoh berishmoqda.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat