December 14, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Toshkent viloyatida iste’molchilarning debitor qarzdorligi 1-dekabr holati bo‘yicha ma’lumot (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati bo‘yicha jami iste’molchilar soni 380 487 tani tashkil qiladi, shundan aholi iste’molchilari 370 042 ta hamda yuridik tashkilotlari 10 445 tadan iborat.

Bugungi kunda “Toshkent suv ta’minoti” MCHJ va uning shahar va tuman bo‘limlari tomonidan iste’molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, iste’molchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, UZUM Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Iste’molchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan ular ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Shunga qaramasdan, Toshkent viloyatida iste’molchilarning debitor qarzdorligi tobora oshib bormoqda va bugungi kunda 97 581,2 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 59 mlrd. 665 mln so‘m, yuridik tashkilotlar debitor qarzdorligi 18 mlrd. 969 mln so‘m, tashkil etadi.

Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar:

1) Chirchiq shahar: 15 mlrd 365 mln so‘m;

2) Olmaliq shahar: 11 mlrd 558 mln so‘m.

3) Angren shahar: 10 mlrd. 370 mln so‘m;

4) Bo‘stonliq tumani: 9 mlrd 450 mln so‘m.

5) Qibray tuman: 8 mlrd 938 mln so‘m;

Chirchiq shahar, Olmaliq, Angren, Bo‘stonliq va Qibray tumanlari bo‘yicha 55 mlrd 682 mln so‘mdan ortiq qarzdorliklar mavjud.

Ta’kidlash joiz, iste’molchilarning qarzdorligi bilan bir qatorda sohadagi eng og‘riqli muammolardan biri ichimlik va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘lib qolmoqda.

Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda joylarda muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

FOTOALBOM

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat