“O‘zsuvtaʼminot” aktsiyadorlik jamiyatining hududiy suv taʼminoti korxonalari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha seminar trening tashkil etildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–2733-son Qarori, 2017-yil-11-sentabrdagi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida Qonuni hamda “O‘zsuvtaʼminot” АJ Ustavining 15-bandida nazarda tutilgan qoidalarni taʼminlash maqsadida “Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatining yuridik bo‘lim va jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlari bilan ishlash bo‘lim boshliqlarining malakasini oshirish bo‘yicha “Hodlik Palase Hotel” mehmonxonada “O‘zsuvtaʼminot” АJ tomonidan besh kunlik o‘quv-seminar trening bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, 24-26 may kunlari yuristlar malakasini oshirish boʼyicha:
– O‘zbekiston Respublikasininr 2022-yil 22-iyuldagi OʼRQ-784-son “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘zboshimchalik bilan suv tarmog‘iga ulanishlarni oldini olish borasidagi ishlar;
– o‘zboshimchalik bilan ulanishlar oqibatida yetkazilgan zararni undirish va tarmoqdan uzish ishlarini yuristlar tomonidan nazorat qilinishi va sud orqali hal etish;
– isteʼmolchilarning muddati o‘tkan debitor qarzdorliklarini aniqlash, undirish hamda Jamiyat yuridik xizmati tomonidan sudlarga daʼvo kiritish uchun hujjatlarni taqdim etish tartibi;
– Jamiyat hamda uning tarkibiy bo‘linmalarida xaridlar to‘g‘risidagi qonunchilikka amal qilish tartibi;
– korruptsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat xizmati xodimlari ishlarida yuristlar ishtiroki va ko‘magi;
– shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish;
– ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha mavjud noqonuniy holatlarning turlari hamda ularni aniqlash usullari;
– Yuridik va jismoniy shaxslar bilan nizolar vujudga kelganda mustaqil yoki boshqa tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda ularni sudgacha hal etish choralarini ko‘rishni tartibi haqida.
29-30-may kunlari jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomi va nazorati bo‘lim boshliqning malakasini oshirish bo‘yicha:
– O‘zbekiston Respublikasininr 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun mohiyati;
– Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori;
– murojaatlarni mazmun mohiyatiga e’tibor berish va javob xatlarini yuborilishi hamda boshqa qonun hujjutlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
Besh kunlik o‘quv-seminar trening so‘nggida “Toshkent suv ta'minoti” MCHJ ishtirokchilariga sertifikat topshirildi.