“Toshkent suv taʼminoti”: jismoniy va yuridik shaxslardan 1065 ta murojaat kelib tushdi (2023-yil yanvar-mart holatiga)
Bosh sahifa | Русский язык
2023-yil – “INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM YILI” yil shiori ostida, barcha soha vakillari, har qachongidan ham ko‘proq aholi ichiga kirib muammolarini hal etish, “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash tizimini samarali joriy etishni talab qilmoqda.
Bizda “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” va “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, huquqiy va qonuniy manfaatlari ta’minlanayotgani Yangi O‘zbekistonimizda keyingi yillarda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati dunyo hamjamiyatida e’tirof etilayotgani barchamizni birday quvontiradi, g‘ayratimizga g‘ayrat, shijoat qo‘shadi.
Ma’lumki, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–445-son Qonuni va mazkur Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son Qarori qabul qilingan bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ijro intizomi bo‘limi ish faoliyati shu Qonun va Qaror talablari asosida tashkil etilgan.
“Toshkent suv ta'minoti” MChJga va bo‘ysunuvdagi shahar, tuman filiallarga joriy yilning I-chorak davomida jami bo‘lib, 1065 ta murojaatlarlar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (O‘zsuvta'minot AJ) orqali 445 ta murojaat rasmiylashtirilgan:
73 ta 19,4 foizi murojaat ijobiy yechimini topgan;
151 ta 31 foizi murojaat yuzasidan umumiy va xuquqiy tushintirish, ya’ni dastur asosida bajarilishi tushuntirilgan;
211 ta 49,6 foizi murojaat jarayonda bo‘lib, ijro muddatini kutmoqda (15 yoki 30 kunlik muddat)
I-chorak davomida kelib tushgan 1065 ta murojaatlarlarni hududlar kesimida tahlil etilganda, murojaatlarning asosiy qismi:
“Toshkent suv ta’minoti” MChJ – 77 ta,
Angren shahar bo‘limi – 73 ta, 7 foiz
Ohangaron shahar bo‘limi – 22 ta, 2,2 foiz
Chirchiq shahar bo‘limi – 147 ta, 15 foiz
Olmaliq shahar bo‘limi – 62 ta, 6 foiz
Bekobod shahar bo‘limi – 13 ta, 1,3 foiz
Nurafshon shahar bo‘limi – 24 ta, 2,4 foiz
Yangiyo‘l shahar bo‘limi – 50 ta, 5,0 foiz
Yangiyo‘l tuman bo‘limi – 38 ta, 3,9 foiz
O‘rtachirchiq tuman bo‘limi – 23 ta, 2,3 foiz
Pskent tuman bo‘limi – 26 ta, 2,7 foiz
Qibray tuman bo‘limi – 67 ta, 6,4 foiz
Toshkent tuman bo‘limi – 65 ta, 6,3 foiz
Bekobod tuman bo‘limi – 49 ta, 4,7 foiz
Bo‘ka tuman bo‘limi – 48 ta, 4,6 foiz
Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi – 19 ta, 1,9 foiz
Ohangaron tuman bo‘limi – 27 ta, 2,6 foiz
Chinoz tuman bo‘limi – 49 ta, 4,7 foiz
Quyichirchiq tuman bo‘limi – 20 ta, 1,9 foiz
Bo‘stonliq tuman bo‘limi – 40 ta, 3,9 foiz
Parkent tuman bo‘limi – 30 ta, 3 foiz
Yuqorichirchiq tuman bo‘limi – 23 ta, 2,3 foiz
Zangiota tuman bo‘limi – 73 ta. 7 foiz
Kelib tushgan 1065 ta murojaatlarlar tahlil etilganda:
– 448 ta murojaat o‘z ijobiy yechimini topgan;
– 1 ta murojaat ma'lumot uchun qabul qilingan;
– 1 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan;
– 155 ta murojaat huquqiy tushintirilish berilib, shundan 49 tasi asosli deb topilgan.
Tadbirkorlik subyektlaridan kelib tushgan murojaatlarni mas’uliyat bilan yondashgan holda belgilingan muddatlarda ko‘rib chiqish, muommolarni hal etish va taqroriy murojaatlar kelib tushishini oldini olish choralari ko‘rilishi bilan bir qatorda, muammo va masalalarni tezkor hal etish yuzasidan nazorat ishlari joylarda kuchaytirilib, qaror, farmon talablarni buzgan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilidi.
Jamiyat “1255” qisqa raqami orqali ro‘yxatga olingan murojaatlarning umumiy soni 417 tani tashkil etadi, 20 ta murojaat muddati o‘tgan murojaatlar turiga kiradi va 10 ta murojaat nazoratdagi murojaatlardir.
Tasdiqlangan “Sayyor qabul” reja-jadvali asosida joriy yilning I-chorak davomida, 11 ta “Sayyor qabul” o‘tkazildi.
- Chirchiq shahar va Qibray tumanida – 10ta;
- Olmaliq shahar va Bekobod tumani – 7ta;
- Bo‘ka va Parket tumanlari – 3ta;
- Yangiyo‘l va Oxongaron tumanlari – 2ta;
- Angren shahar – 1ta murojaat rasmiylashtirilgan.
Rahbariyati tomonidan aholi muammolari o‘rganilmoqda va joylarda o‘z yechimini topmoqda.
Faoliyat yo‘nalishi va tahlil qilib, joylarga chiqib hamda hal etish yuzasidan zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Bu borada matbuot (axborot) xizmati tomonidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar (O‘zbekiston-24, Mahalla, viloyat telekanallari), va kelib tushayotgan tizimli muammolarni aniqlab, murojaatni o‘rganib rasmiy ijtimoiy tarmoqlar, telegramm kanallari orqali munosabaat bildirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, “Toshkent suv ta'minoti” MChJga 2023-yilning I-choragi davomida 820 ta xat-hujjatlar kelib tushgan.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M. ISAMIDDINOV