February 27

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Zangiota tumanida iste’molchilarning debitor qarzdorligi, noqonuniy ulanmalar bo‘yicha ma’lumot (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati Zangiota tumani bo‘yicha 11 865 ta jismoniy istemolchilar mavjud. Zangiota tumanidagi jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 3 mlrd 157 mln, so‘m, tashkil etadi.

Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan MFY:

1) To‘qimachi: 383 mln so‘m;

2) Quyoshli: 331 mln so‘m;

3) Achchisoy: 258 mln so‘m.

2024-yilning 1 fevralga qadar:

– 607 mln so‘m pul tushumi;

– 7 ta noqonuniy ulanmalar aniqlangan.

Hozirgi kunga kelib, 4 ta iste’molchilar tarmoqdan uzulgan. Jami 16 mln 593 ming so‘m.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Iste’molchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan ular ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.

Iste’molchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, UZUM Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

Ta’kidlash joiz, iste’molchilarning qarzdorligi bilan bir qatorda sohadagi eng og‘riqli muammolardan biri ichimlik va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘lib qolmoqda.

Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda joylarda muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati

🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat