July 30, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Zangiota tumani “Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘inida ichimlik suv tarmog‘i ta’mirlanib, 480 tadan ortiq xonadon ichimlik suv bilan ta’minlandi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

Toshkent viloyati Zangiota tumani “Nurobod” MFYda ichimlik suv tarmog‘i ta'mirlanib, 480 tadan ortiq xonadon ichimlik suv bilan ta'minlandi.

Xususan, “Verteks Agro” MChJ tomonidan diametri Ø300mm metal quvurga o‘rnatilgan qo‘shimcha suv ko‘tarish nasos agregat dvigeteli mukammal ta’mirlandi.

Elektor tokini me’yorida nazorat qilish maqsadida “Shit kaskat” uskunasi o‘rnatildi. Nurobod mahallasidan o‘tuvchi diametri Ø150mm li ichimlik suv quvurining to‘rtta joyidagi nosozlik bartaraf qilindi.

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi diametri Ø76mm li polietilen ichimlik suv quvuri aholi tomonidan hashar yo‘li bilan yotqizilgan bo‘lib, aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

VIDEOLAVHA

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati