“Toshkent suv taʼminoti”: Bekobod shahrining 1- suv olish inshootida USP 260-01 nasos agregatining suv ko‘tarish quvuri almashtirildi (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Bekobod shahar filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan 1- suv olish inshootida USP 260-01 nasos agregatining suv ko‘tarish quvuri nosoz holga kelganligi aniqlandi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud nasos agregatlarning faoliyatini tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Toshkent suv ta'minoti” MCHJ Bekobod shahar filiali nosozlikni bartaraf etish guruhi nasos agregatining diametri Ø150 mmli 5 m suv ko‘tarish quvuri almashtirildi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat