“Toshkent suv taʼminoti”: Аngren shahri G‘afur G‘ulom MFY Do‘stlik ko‘chasida ichimlik suv tarmog‘idagi montaj ishlari yakuniga yetkazildi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati Аngren shahri bo‘limiga G‘afur G‘ulom MFY Do‘stlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi xonadon egalaridan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Аngren shahar bo‘limi rahbari tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, G‘afur G‘ulom MFY Do‘stlik ko‘chasida ichimlik suv tarmog‘idagi montaj ishlari yakuniga yetmaganlik holatlari aniqlandi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirig‘iga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Аngren shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu montaj ishlarini yakuniga yetkazilib, Do‘stlik ko‘chasidagi xonadon egalari ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Аngren shahar G‘afur G‘ulom MFYga tashabbuskor homiylar hisobidan diametri Ø76; Ø100; Ø150 mm li 950 m va 310 m ichimlik suv quvuri va zulfin (zadvijka) ajratilgan.
Maʼlumot uchun, 2022–2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davomida “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Аngren shahar bo‘limi ishchi-xodimlari tomonidan G‘afur G‘ulom MFYga 1250 metr ichimlik suv quvurlari tortilib, zulfin o‘rnatilgan. Ichimlik suv tarmog‘i markaziy suv quvuriga ulangan.
Аngren shahar 24/7 dispetcherlik xizmati ☎️ 998 70 665-08-60
ESLАTMА: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan, ular ichimlik suvi taʼminoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.
Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.