“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Parkent tumanida iste’molchilarning debitor qarzdorligi, noqonuniy ulanmalar bo‘yicha ma’lumot (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
“Toshkent viloyati suv ta'minoti” AJ, “O‘zsuvta'minot” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens-nazorat boshqarmasi Toshkent viloyati bo‘yicha inspektori va Toshkent viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari birgalikda ichimlik suvidan iste’molchilarning debitor qarzdorligi va tarmog‘iqqa noqonuniy ulanish hamda foydalanish yuzasidan Parkent tumanida reyd tadbirlari olib borildi.
Toshkent viloyati Parkent tumani bo‘yicha 18 494 ta jismoniy istemolchilar mavjud. Tumandagi jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 1 144 347 731.40 mln so‘m, tashkil etadi.
– 209 510 351 so‘m pul tushumi (01.06.2024-25.06.2024);
– 8 ta tarmoqdan uzulgan. Jami 11 454 229,62 ming so‘m
– 1 ta noqonuniy ulanmalar aniqlangan.
Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan MFY:
1. “Оydin” – 117 986 448,75 mln;
2. “Said ota” – 104 607 304,12 mln;
3. “Tolbuloq” – 79 501 273,93 mln so‘m.
Qarzdorlik boʻyicha (93) 185-89-66
Suv sotish boʻlimi (94) 926-36-11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi PF–5241 sonli farmoni va Iste’molchilar bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan ular ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq to‘lashni amalga oshirishlari belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son Qarorining 2-ilovasining VI bo‘lim 85- bandiga asosan suvni hisobga olish asbobi iste’molchi aybi bilan ishdan chiqqan, singan, buzilgan va bu haqda ISKX tashkiloti xabardor qilinmagan taqdirda sarflangan suv miqdori, so‘nggi tuzilgan dalolatnoma sanasidan to yangi suvni hisobga olish asbobining o‘rnatilish sanasigacha, I guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “a” kichik bandi bo‘yicha, II va III guruh iste’molchilari uchun — ushbu Qoidalar 87-bandining “b” kichik bandi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.
Iste’molchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, UZUM Apelsin kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.
Ta’kidlash joiz, iste’molchilarning qarzdorligi bilan bir qatorda sohadagi eng og‘riqli muammolardan biri ichimlik va oqova suv tizimlariga noqonuniy ulanish holatlari bo‘lib qolmoqda.
Ushbu holatlarning oldini olish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda joylarda muntazam ravishda reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat