June 26, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Nurafshon shahrining Markaziy suv inshootida ЭЦВ 8 USP 25-100 yangi nasos agregati o‘rnatildi (Foto+video)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud nasos agregatlarning faoliyatini tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Nurafshon shahar bo‘limi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan Oybek MFY Toshkent yo‘li ko‘chasi Markaziy suv inshootida ЭЦВ 8 USP 25-100 yangi nasos agregati o‘rnatildi.

Xususan, oldingi ETsV 6 USP 16-100 nasos agregati Oybek MFYdagi isteʼmolchilarni doimiy ichimlik suvi bilan taʼminlay olmagan.

Mazkur Markaziy suv inshooti orqali “Navroʼz” MFY Oybek MFY “To‘ytepa” MFYlarda xonadon egalari toza ichimlik suvi bilan taʼminlangan.

FOTOLАVHАLАR

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati