July 20, 2023

“Toshkent suv taʼminoti”: Yuqori Chirchiq tumani “Navbahor” MFYda diametri Ø225 mm li suv quvur nosozligi bartaraf etildi (Foto)

Bosh sahifa | Русский язык

“Toshkent suv taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Yuqori Chirchiq tumani “Navbahor” MFYdan tegishli tartibda murojaat kelib tushgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Yuqori Chirchiq tumani boʼlimi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan joyiga chiqilib, o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Ustuvor ko‘chasida joylashgan diametri Ø225 mm li suv quvurida yoriq paydo bo‘lib, suv oqishda davom etgan.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirigʼiga binoan, shahar va tumanlarda mavjud suv quvurlarni tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yuqori Chirchiq tumani boʼlimi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan ushbu nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilib, xususan, suv butunlay to‘xtagandan so‘ng, maxsus uskunalar bilan diametri Ø150 mm li 130 m suv quvuri ulandi.

Mazkur “Navbahor” MFYda istiqomat qiluvchi xonadon egalari qayta toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.

Maʼlumot uchun, Dispetcherlik xizmati ☎️ (70) 983-10-48

ESLАTMА!!!

Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!

Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.

Isteʼmolchilar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan. To‘lovlarni cabinet.uzsuv.uz, uzsuvbot telegram-boti, tijorat banklarining kassalari va mobil ilovalari, Payme, Upay, Uzum kabi elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

“Toshkent suv taʼminoti” MChJ Matbuot xizmati