“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: hashar barchani birdamlikka chorlaydi (foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Ma’lumki xalqimiz ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llashga arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud. Masalan, "hashar" deb atalgan tadbir barchani birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Hashar — bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.
Muhtaram Prezidentimiz o‘z chiqishlarida mahallabay ishlash tizimi haqida ko‘p va xo‘p gapirdi, bu ham bo'lsa har bir ish-yumush yechimi, shu jumladan obodonchilik, ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham mahalalar kesimida amalga oshirilganda samarali bo‘lishi ta’kidlandi. Bu narsalar hayotiy tajribalar orqali yaqqol namoyon bo‘lmoqda, samarasini xalqimiz sezmoqda.
Toshkent viloyati 22 ta shahar va tumanlardagi hasharlarda Jamiyat ishchi-xodimlarimizga xos bag‘rikenglik, o‘zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko‘chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshirilmoqda.
Jumladan, atrof-hududlarni maishiy chiqindilardan tozalanib, beton to‘siqlarga ohak surtilib, temir jihozlarga bo‘yoq tortilmoqda. Ariq va zovurlar tozalanmoqda.
Daraxt va nihollarga shakl berib, yurt obodligini, ko‘rkamligini saqlashga xizmat qilishmoqda.
Yangilanish fasli kelishi bir paytda obodonchilik ishlarining olib borilishi mahallalarimiz ko‘rkiga ko‘rk, chiroyiga chiroy beradi.
Demak, bahor nafasiga hamohanglik zarur, tabiatning ishiga ham ko‘mak kerak.
Fotolavhalar:
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Axborot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat