“Toshkent suv taʼminoti”: Chirchiq shahar “Umid” MFYda ETsV 8 USP 125-03 nasos agregati qayta taʼmirlanib, 3375 ta xonadon egalari toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi (Foto+video)
Bosh sahifa | Русский язык
Kuni kecha “Toshkent suv taʼminoti” MChJ Chirchiq shahar boʼlimi nosozlikni bartaraf etish guruhi tomonidan “Umid” MFYga qarashli ETsV 10-120-80 nasos qayta taʼmirlandi.
“Toshkent suv taʼminoti” MChJ direktori No‘mon Аminovning topshirig‘iga binoan, shahar va tumanlarda mavjud nasos agregatlarning faoliyatini tegishli tartibda nazoratdan o‘tkazish, ularda aniqlangan nosoz holatlarni qayta taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, ETsV 10-120-80 nasos agregatining rezbali ulanish joyi yemirilib, yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Nosozlikni bartaraf etish guruhi ushbu nasosning rezbali joyini nerjaveyka elektrodda payvantlab, “Basu” skvajinasini qayta oʼrnatdi.
Mazkur “Umid” MFYning 3375 ta xonadon egalari toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Hurmatli fuqaro! ichimlik suvni isrof qilmang, undan oqilona foydalaning!
Bir tomchi suvni ham isrof qilmaslik, elektr quvvatini tejash, uni bir lahza ham behuda sarflamaslik, isrof qilmaslik jamiyatda yashovchi har bir fuqaroning burchidir.